1
1234567890
1234567890
%

Biz haqimizda

Kuch — aniq strategiya, sifatli ijro va har bir detalga e’tibordan keladi.

Workcase — Toshkentda joylashgan raqamli marketing agentligi. Brendlarni ijtimoiy tarmoqlarda yuritamiz, reklama orqali mijoz olib kelamiz va sotadigan kontent yaratamiz. AQSh va O'zbekiston bozorlarida ishlaymiz.

Workcase — strategiya, kontent, natija
Workcase — sayt va kontent ishlab chiqarish

Yangi loyihalarga ochiqmiz

Har bir loyiha strategiyadan boshlanadi: auditoriya, raqobatchilar va maqsad tahlili. Keyin kontent-reja, ssenariy, dizayn va montaj. Natijani har oy raqamlarda ko’rsatamiz — taxmin bilan emas.

Yo’nalishlarimiz

Soha

Xizmat

Logistika — AQSh

SMM yuritish, kontent va haydovchi jalb qilish postlari

Sug'urta — AQSh

Sayt qurish va kontent marketing

IT va autsorsing

SMM, brending va korporativ kontent

Ishlab chiqarish

Katalog kontenti va target reklama

Mahalliy biznes

SMM, target reklama va Telegram marketing

Nega Workcase?

Strategiya va ijodni birlashtirgan jamoa — g'oyani o'lchanadigan natijaga aylantiramiz.

Xalqaro tajriba

AQSh va O’zbekiston bozorida ishlaymiz — har bir auditoriyaga o’z tilida va o’z uslubida kontent tayyorlaymiz.

To'liq nazorat

Loyiha boshidan oxirigacha bitta jamoada: strategiya, kontent, reklama va hisobot. Siz bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa.

Hammasi bir joyda

Dizayner, kopirayter, montajchi va targetolog birga ishlaydi — turli ijrochilarni qidirib yurishga hojat yo’q.

Aniq jadval

Kontent-reja oldindan tasdiqlanadi, muddatlar real. Har bir post qachon chiqishini oldindan bilasiz.
Ababil Stones
Nexus Lane
Nur1 LLC
DMT Insurance
INNOVA NETWORKS
KMH Makine
Hyperion Carriers
US Mega