G’OYANATIJA
( Raqamli marketing agentligi )

Brendingizni ko’rinadigan qilamiz

SMM, target reklama va brending — biznesingiz o’sishi uchun.

SMMTARGETSEO · GOOGLE ADSTELEGRAMBRENDING
( pastga aylantiring )
( Biz nima qilamiz )

Hammasi bitta narsa atrofida — sizning o’sishingiz

Minglab post, reklama va raqam — bitta markazga bog’langan. Biz shovqinni brendingizga ishlaydigan tizimga aylantiramiz.

( tajriba )0

Kompaniya bizga ishondi — AQSh logistikasidan Toshkentdagi IT brendlarigacha.

( kontent )12–15

Oyiga puxta post. Har biri ssenariy va strategiya asosida.

( bozor )0

AQSh va O’zbekiston. Ingliz va o’zbek tilida kontent.

( Jarayon )

Brief’dan birinchi postgacha — 3–5 kun

Ochiq muloqot — ishimizning asosi. Narx, muddat va natija haqida hamkorlik boshlanishidan oldin to’liq javob beramiz.

01

Brief

Biznesingiz, maqsadingiz va auditoriyangiz haqida qisqa suhbat.

02

Tahlil

Sahifangiz va raqobatchilar tahlili — qayerda yutish mumkinligini aniqlaymiz.

03

Strategiya

Pozitsiya, ohang va birinchi oylik kontent-reja. Yozma taklifda aniq raqam va nimalar kirishi.

04

Kontent va natija

Postlar chiqa boshlaydi. Har oy oxirida hisobot: qamrov, obunachi, arizalar va reklama sarfi.

( Savollar )

Savollaringiz bormi?

Ish jarayoni, muddat va xizmatlar haqida eng ko’p so’raladiganlariga qisqa javob berdik.

Avval qisqa brief: biznesingiz, maqsadingiz va auditoriyangiz. So’ng sahifangiz va raqobatchilar tahlili, undan keyin strategiya va birinchi oylik kontent-reja. Kelishuvdan 3–5 kun ichida birinchi postlar chiqa boshlaydi.

Narx xizmat hajmiga qarab belgilanadi: faqat kontent, kontent + target, yoki to’liq boshqaruv. Oylik post soni, video montaj va reklama byudjeti ham hisobga olinadi. Brief’dan keyin aniq raqam va nimalar kirishini yozma taklifda yuboramiz.

Qamrov va faollik odatda 2–4 haftada seziladi. Target reklamadan birinchi arizalar 1–2 haftada keladi. Barqaror sotuv o’sishi uchun esa kamida 2–3 oy kerak — SMM to’plab boradigan ish.

Ssenariy, matn, dizayn va montaj bizning zimmamizda. Suratga olish kerak bo’lsa, tayyor rejani beramiz — o’zingiz telefonda olasiz yoki kelishilgan holda jamoamiz suratga oladi. Kerak joyda AI video va grafikadan foydalanamiz.

Ha. AQShdagi logistika, trucking va sug’urta kompaniyalari bilan ishlaymiz — kontent ingliz tilida, o’sha bozor auditoriyasiga moslab tayyorlanadi. Aloqa Telegram, WhatsApp yoki email orqali.

Ha. Ish shartnoma asosida boshlanadi. Har oy oxirida hisobot beramiz: qamrov, obunachi o’sishi, arizalar soni va reklama sarfi. Kontent-reja jadvalini siz ham onlayn kuzatib borasiz.

( Boshlaymizmi? )

Brendingiz ko’rinishi uchun bitta qadam

Brief 15 daqiqa. Yozma taklif — 24 soat ichida.