1
1234567890
1234567890
%

Savollaringiz bormi?

Ochiq muloqot — ishimizning asosi. Narx, muddat va natija haqidagi savollarga hamkorlik boshlanishidan oldin to’liq va halol javob beramiz.

Ko'p beriladigan savollar

Ish jarayoni, muddat va xizmatlar haqida savolingiz bormi? Quyida eng ko’p so’raladiganlariga qisqa javob berdik.

  • Qanday ishlaymiz – jarayonni sodda tilda tushuntiramiz.
  • Yordam kerakmi? – yozing, tez javob beramiz.
  • Batafsil ma’lumot – quyidagi savollarni ko’rib chiqing.

Biz uchun ochiqlik muhim. Xizmat, narx yoki jarayon bo’yicha savolingiz bo’lsa — bemalol murojaat qiling.

Ish qanday boshlanadi?

Avval qisqa brief: biznesingiz, maqsadingiz va auditoriyangiz. So'ng sahifangiz va raqobatchilar tahlili, undan keyin strategiya va birinchi oylik kontent-reja. Kelishuvdan 3–5 kun ichida birinchi postlar chiqa boshlaydi.

Narx nimaga bog'liq?

Narx xizmat hajmiga qarab belgilanadi: faqat kontent, kontent + target, yoki to'liq boshqaruv. Oylik post soni, video montaj va reklama byudjeti ham hisobga olinadi. Brief'dan keyin aniq raqam va nimalar kirishini yozma taklifda yuboramiz.

Natijani qachon ko'raman?

Qamrov va faollik odatda 2–4 haftada seziladi. Target reklamadan birinchi arizalar 1–2 haftada keladi. Barqaror sotuv o'sishi uchun esa kamida 2–3 oy kerak — SMM to'plab boradigan ish.

Kontentni kim tayyorlaydi, suratga olish kerakmi?

Ssenariy, matn, dizayn va montaj bizning zimmamizda. Suratga olish kerak bo'lsa, tayyor rejani beramiz — o'zingiz telefonda olasiz yoki kelishilgan holda jamoamiz suratga oladi. Kerak joyda AI video va grafikadan foydalanamiz.

Chet eldagi kompaniyalar bilan ishlaysizmi?

Ha. AQShdagi logistika, trucking va sug'urta kompaniyalari bilan ishlaymiz — kontent ingliz tilida, o'sha bozor auditoriyasiga moslab tayyorlanadi. Aloqa Telegram, WhatsApp yoki email orqali.

Shartnoma va hisobot bo'ladimi?

Ha. Ish shartnoma asosida boshlanadi. Har oy oxirida hisobot beramiz: qamrov, obunachi o'sishi, arizalar soni va reklama sarfi. Kontent-reja jadvalini siz ham onlayn kuzatib borasiz.

SMM paketiga nimalar kiradi?

Kontent strategiyasi, oylik kontent-reja, matn va ssenariylar, dizayn va montaj, postlarni nashr qilish, izohlar va xabarlarga javob, oylik hisobot. Target reklama va sayt alohida kelishiladi.

Reklama byudjeti xizmat narxiga kiradimi?

Yo'q. Xizmat haqi — bizning ishimiz uchun, reklama byudjeti esa to'g'ridan-to'g'ri Meta yoki Google'ga to'lanadi. Byudjetni siz belgilaysiz, biz qanday sarflanganini hisobotda ko'rsatamiz.

Postlarni men tasdiqlaymanmi?

Ha. Har bir post oldindan tayyorlanib, tasdiqlash uchun yuboriladi. Siz ko'rib chiqasiz, kerak bo'lsa tuzatamiz — faqat siz ma'qullagan kontent chiqadi.