( Savollar )

Savollaringiz bormi?

Ochiq muloqot — ishimizning asosi. Narx, muddat va natija haqidagi savollarga hamkorlik boshlanishidan oldin to’liq javob beramiz.

( pastga aylantiring )
( Ko’p beriladigan savollar )

Qisqa va aniq javoblar

Ish jarayoni, muddat va xizmatlar haqida eng ko’p so’raladiganlari.

Avval qisqa brief: biznesingiz, maqsadingiz va auditoriyangiz. So’ng sahifangiz va raqobatchilar tahlili, undan keyin strategiya va birinchi oylik kontent-reja. Kelishuvdan 3–5 kun ichida birinchi postlar chiqa boshlaydi.

Narx xizmat hajmiga qarab belgilanadi: faqat kontent, kontent + target, yoki to’liq boshqaruv. Oylik post soni, video montaj va reklama byudjeti ham hisobga olinadi. Brief’dan keyin aniq raqam va nimalar kirishini yozma taklifda yuboramiz.

Qamrov va faollik odatda 2–4 haftada seziladi. Target reklamadan birinchi arizalar 1–2 haftada keladi. Barqaror sotuv o’sishi uchun esa kamida 2–3 oy kerak — SMM to’plab boradigan ish.

Ssenariy, matn, dizayn va montaj bizning zimmamizda. Suratga olish kerak bo’lsa, tayyor rejani beramiz — o’zingiz telefonda olasiz yoki kelishilgan holda jamoamiz suratga oladi. Kerak joyda AI video va grafikadan foydalanamiz.

Ha. AQShdagi logistika, trucking va sug’urta kompaniyalari bilan ishlaymiz — kontent ingliz tilida, o’sha bozor auditoriyasiga moslab tayyorlanadi. Aloqa Telegram, WhatsApp yoki email orqali.

Ha. Ish shartnoma asosida boshlanadi. Har oy oxirida hisobot beramiz: qamrov, obunachi o’sishi, arizalar soni va reklama sarfi. Kontent-reja jadvalini siz ham onlayn kuzatib borasiz.

Yo’q, reklama byudjeti alohida — u to’g’ridan-to’g’ri Meta yoki Google’ga to’lanadi. Biz uni samarali sarflash, sozlash va hisobot berish uchun javob beramiz.

Albatta. Masalan, faqat target yoki faqat Reels montaj. Lekin eng yaxshi natija xizmatlar birlashganda chiqadi — buni brief’da birga hal qilamiz.

( Boshlaymizmi? )

Javob topmadingizmi? Yozing

Telegram yoki telefon — 1 soat ichida javob beramiz.